Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlarida tadbirlar munosabati bilan 17 kun davomida ayrim yo‘l uchastkalarida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda har ikkala tuman hokimligi matbuot xizmatlari xabar berdi.
Unga ko‘ra, Sergeli tumanida 25-dekabrdan tunu kun (24/7) faoliyat yuritadigan gastronomik turizm ko‘chasida yangi yil tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan qator ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Jumladan:
So‘g‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi; Jaloyir ko‘chasining So‘g‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi.Shu bilan birga, Bektemir tumanida ham 5-dekabrdan boshlab Chirchiqbo‘yi ko‘chasining ma’lum qismida, Coca-Cola Garden bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari hamda...