Amerikaning Chevron kompaniyasi va Quantum Energy Partners investitsiya guruhi «Lukoyl»ning xalqaro aktivlarini bo‘lib olish bo‘yicha bitim tuzish niyatida. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, kompaniyalarning taklifi Lukoylning butun aktivlar portfeliga ta’sir qiladi, Quantum va Chevron esa uzoq muddatli istiqbolda $22 milliardlik aktivlarni sotib olishga harakat qilmoqda. Shuningdek, potensial sotib olish «Lukoyl»ning Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqdagi 2000 dan ortiq yonilg‘i quyish shoxobchalarini o‘z ichiga olgan butun xorijiy aktivlar portfelini qamrab olishi mumkinligi ta’kidlangan.
«Biz ushbu aktivlarga egalik huquqini Amerika operatoriga abadiy o‘tkazadigan savdoni qidiryapmiz. Aktivlar sotib olingandan so‘ng darhol sotilishini istamaymiz», – dedi...