Xitoyning SAIC Motor kompaniyasi MG 4 Electric elektrokarining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.
Model ilk bor 2022-yilda Xitoyda namoyish etilgan bo‘lsa-da, endilikda u Yevropa bozoriga ham kirib kelmoqda. Kompaniya Yevropa patent byurosida yangi dizaynni ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Yangi MG 4 Electric avvalgi avloddan farqli ravishda yumaloqroq va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. Avtomobil uzunligi 4,4 metrga yetdi, bu avvalgi modeldan 11 sm uzunroq. G‘ildirak bazasi ham 4 sm kengaydi va endi 2,75 metrni tashkil etadi. Bu esa salonda yanada kengroq joy bo‘lishini anglatadi.
Mashina 163 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Avtomobilning og‘irligi 1485 kg bo‘lib...