Vivo kompaniyasi tomonidan Vivo Y50s va Vivo Y50e smartfonlari rasman taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, qurilmalar faqat xotira turi va zaryadlash tezligida farq qiladi. Har ikki smartfon 6,74 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan. Ekran HD+ aniqlikka ega va 90 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Protsessor sifatida MediaTek Dimensity 6300 chipi tanlangan. Batareya sig‘imi 6000 mA/soatni tashkil qiladi.
Kamera qismi soddaroq yechimga ega. Asosiy kamera 13 megapiksel, old kamera esa 5 megapiksel. Qurilmalar IP64 darajasidagi chang va suv sachrashidan himoyaga ega. Smartfonlar Android 15 asosida ishlaydi va OriginOS 5 interfeysi bilan taqdim etiladi. Shuningdek, 3,5 mm naushnik razyomi...