Oppo Xitoy bozorida Oppo Reno 15 5G smartfonining yangi Starry Pink rangdagi versiyasini namoyish qildi. Ushbu variant orqa panelidagi yaltirab turuvchi, yulduzsimon effekt beruvchi maxsus dizayni bilan ajralib turadi.
Smartfon MediaTek Dimensity 8450 chipi asosida ishlaydi. Protsessor chastotasi 3,25 Hz gacha yetadi. Grafik qismi Mali-G720 MC7 bilan jihozlangan. Qurilma 12 yoki 16 GB LPDDR5X operativ xotira va 256 GB, 512 GB yoki 1 TB UFS 3.1 doimiy xotira bilan taklif etiladi.
Model Android 16 va ColorOS 16 tizimi bilan ishlaydi. Old tomonda 6,32 dyuymli tekis OLED ekran joylashgan. Ruxsat 1,5K. Yangilanish chastotasi 120 Hz. Sensor javob tezligi 240 Hz...