Bugun, 18-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Senatning yalpi majlisida bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov 2025-yil uchun davlat budjeti boʻyicha axborot berdi. U energiya tariflari va subsidiyalarga oid senatorlarning savollariga javob berdi.
Qoʻchqorovning taʼkidlashicha, davlat budjetidan ajratilayotgan subsidiyalar miqdori tariflarning xarajatlarni toʻliq qoplamasligi va tabiiy gazning bir qismini import qilish zarurati bilan bogʻliq.
«Joriy yilda tariflar oshgan boʻlsa-da, hali xarajatlarni toʻliq qoplaydigan darajaga yetmagan. Shu sababli subsidiyalarni toʻxtatish imkoniyati yoʻq,» — dedi vazir.
Uning soʻzlariga koʻra, kelgusi yilda energetika sohasi uchun 7,5 trillion soʻm subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan. Bu yil esa bu koʻrsatkich...