Toshkent shahrida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» uchinchi Iqtisodiy forumi o‘tkazildi. Forum doirasida turli sohalarga oid oltita hujjat imzolandi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga ma’lumot taqdim qilindi.
Tadbirda 32 davlat hukumatlari, xalqaro tashkilotlar, yirik kompaniyalar va biznes vakillaridan iborat 400 dan ortiq xorijiy ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev o‘z nutqida Yevropa Ittifoqi (YI) va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda sezilarli faollashganini ta’kidladi. So‘nggi yetti yilda o‘zaro savdo hajmi to‘rt barobar oshib, 54 mlrd yevroga yetgan. Yevropa Ittifoqi esa o‘n yil davomida mintaqaga 100 mlrd yevrodan ortiq investitsiya yo‘naltirib, asosiy investor maqomini saqlab qolmoqda.
Xodjayevning aytishicha, YI...