O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli ob-havo hukm suradi, yog‘ingarchilik esa kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin, deya xabar qilmoqda «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3° iliq, kunduzi esa 12-14° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi esa 7-12° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° iliqqacha, kunduzi esa 14-19° iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.