AQSh va Xitoy 12-avgustga qadar boj stavkalarini vaqtincha to‘xtatish kelishuvini uzaytirish masalasida qaror qabul qilishi kerak edi. Ammo Donald Tramp Xitoyning Rossiya neftini sotib olishini keskin tanqid qilib, bojlarni oshirish bilan ogohlantirdi, deya yozmoqda Yahoo Finance.
So‘nggi haftalarda Tramp bir nechta keskin choralarni e’lon qildi. Shuningdek, u barcha import yarim o‘tkazgichlarga 100 foiz boj qo‘yish rejasini ham ilgari surdi va agar kelishuvlar o‘z foydasiga ishlamasa, stavkalarni yana oshirishini bildirdi.
Bundan tashqari, Tramp ma’muriyati ipoteka gigantlari Fannie Mae va Freddie Mac aksiyalarining bir qismini ochiq bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda, bu orqali $30 milliard yig‘ilishi kutilmoqda.
U, shuningdek, banklarning siyosiy yoki...