O‘zbekiston hududida bolalar orasida Koksaki virusi keng tarqalayotgani haqidagi xabarlar asossiz. Ushbu masala yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov rasmiy izoh berdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Koksaki virusi dastlab AQShning Koksaki nomli shaharchasida aniqlangan bo‘lib, u enteroviruslar guruhiga kiradi. Mazkur virusning 70 dan ortiq variantlari mavjud bo‘lib, ular orasida A va B turlari eng ko‘p uchraydi. Ushbu kasallik, asosan, 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qayd etiladi, kattalar orasida esa juda kam hollarda uchraydi.
Virusning belgilari qanday
Kasallik o‘zini boshlanishida tana haroratining keskin ko‘tarilishi (39-40 darajagacha), bosh og‘rig‘i, charchoq, uyqusizlik kabi belgilar bilan namoyon...