2024-yil 1-sentabr holatiga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 3,9 mln nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 97,8 foizga (1,9 mln nafar) ortiq. Oʻsish koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan sohalar qatoridan maishiy xizmatlar 984,1 mingta bilan yuqori o‘rinni egalladi. Keyingi oʻrinlardan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish 212 mingta va axborot-kommunikatsiyasi 54,1 ming bafar bilan joy oldi.
Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning 57 foizi erkaklarni tashkil qilsa, qolgan 43 foizi ayollar hissiga toʻgʻri keladi. Hududlar kesimida oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar eng koʻp Samarqand viloyatida (456,5 ming nafar), keyingi...