2025-yilda Rossiyadan taxminan 1 mln mehnat migranti chiqib ketishi mumkin. Bu haqda «Migrant Servis» platformasi direktori Andrey Kladov jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Mutaxassisning fikricha, bunga asosiy omil ish haqi darajasi bo‘ladi. Hozirda xorijlik ishchilar oyiga taxminan 1,5 ming dollar daromad olishga intilmoqda. Agar Rossiya bozorida maoshlar ularning kutgan darajasiga mos kelmasa, migrantlar boshqa davlatlarga ketishi mumkin.
Bundan tashqari, Rossiyada migratsiya qonunchiligining kuchaytirilishi, deportatsiyalar va chet elliklar uchun yangi cheklovlarning joriy etilishi ham ish o‘rinlarining jozibadorligini pasaytirmoqda. Kladovning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatdan 80 mingdan ortiq migrantlar chiqarib yuborilgan.
Mehnat kuchining kamayishi fonida ko‘plab sohalar kadrlar yetishmovchiligiga duch kelishi...