Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik masalasi muhokama qilindi. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yig‘ilishda tamaki mahsulotlari va nikotinli moslamalar bilan bog‘liq qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi. Loyiha, ayniqsa, yoshlarni zararli odatlardan himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar kabi zamonaviy vositalarning tarqatilishini cheklashni maqsad qilgan.
Shuningdek, qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga tarqalishining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ham muhokama qilindi. Ochiq qurilish maydonlaridan yiliga o‘rtacha 50 tonna chang ko‘tarilishi va bu holatning nafas yo‘llari kasalliklari...