Apple aksiyalari uchta savdo sessiyasida 19 foizga tushdi va $638 milliardlik bozor qiymatini yoʻqotdi. Bu haqda CNBC nashri xabar berdi.
Bunga AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan eʼlon qilingan Xitoydan import uchun 54 foizlik yangi bojlar sabab boʻldi. Appleʼning asosiy ishlab chiqarish bazasi aynan Xitoyda joylashgan boʻlib, bu kompaniyani savdo urushi sharoitida eng zaiflardan biriga aylantiradi.
Ayni paytda Appleʼning bozor kapitallashuvi $2,7 trillionni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun, 2024-yil iyul oyida kompaniya ushbu koʻrsatkich boʻyicha rekord darajadagi $3,5 trillionga yetgan edi.
Tahlilchilarning fikricha, yangi joriy etilgan bojlar tufayli AQShda iPhone narxi 30 foizgacha oshishi mumkin, bu esa top model uchun taxminan...