7-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab kechasi harorat 18-25°, kunduzi esa 32-40° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
7-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab kechasi harorat 18-25°, kunduzi esa 32-40° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Ijtimoiy tarmoqlarda bokschi Lazizbek Mullajonov dopinga aloqadorlikda ayblanayotgani haqida tarqalgan xabarlarga O‘zbekiston boks federatsiyasi raddiya berdi.
Ma’lumki, Mullajonov O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va Parij-2024 Olimpiadasi oltin medali sohibi hisoblanadi. So‘nggi kunlarda uning doping qoidalarini buzganligi sababli medali bekor qilinishi mumkinligi haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi.
Federatsiyaning bayonotiga ko‘ra, 2024-yil 11-iyunda xalqaro qoidalarga muvofiq undan olingan doping sinamasi taqiqlangan moddalarning mavjudligini ko‘rsatgan. Biroq, bu moddalarning kelib chiqishi sportchining 19-noyabr kuni Farg‘onadagi xususiy shifoxonada o‘tkazgan soch ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti chog‘ida ishlatilgan dori vositalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Lazizbek Mullajonov va O‘zbekiston boks federatsiyasi ushbu holat yuzasidan barcha zarur hujjatlarni Xalqaro test...
FAW va Volkswagen kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqarilgan Jetta VS8 krossoveri 8-avgustdan Xitoyda savdoga chiqariladi. Bu haqda AutoHome ma’lum qildi.
Avtomobil Skoda Karoq platformasiga asoslangan bo‘lib, uchta to‘plamda taklif etiladi: All-Round, Smart va Supreme Edition.
Yangi model ramkasiz panjara, qoraytirilgan chiroqlar va klassik tutqichlarga ega. Uzunligi 4629 mm, g‘ildirak bazasi esa 2731 mm. VS8 17 va 18 dyuymli disklar bilan taqdim etiladi.
Kapoti ostida 1.4 litrli, 150 ot kuchiga ega turbo dvigatel va 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Silverado bitta zaryad bilan 1705 km bosib, rekord o‘rnatgani haqida yozgan edik.
London yaqinida joylashgan Xitrou aeroporti atrofida Samsung’ga tegishli yuk mashinasi o‘g‘irlandi. Bu haqda Yonhap News ma’lum qildi.
Unda jami 12 ming dona qurilma, jumladan Galaxy Z Fold7, Z Flip7, Galaxy S25, A16 va 5 ming dona Galaxy Watch 8 soatlari bo‘lgan.
O‘g‘irlangan mahsulotlarning umumiy qiymati $10,6 mln deb baholanmoqda. Boshqa tomondan, qurilmalar sug‘urtalangan bo‘lgani bois Samsung moliyaviy zarar ko‘rmadi.
Politsiya konteynerni topgan, biroq ichidagi mahsulotlar qolgan-qolmagani noma’lum. Mutaxassislar bu jinoyat oldindan rejalashtirilgan va qimmat bukiluvchi telefonlarga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung flagmanlari 2028-yildan boshlab Wi-Fi 8 texnologiyasi bilan taqdim etilgan edi.
General Motors kompaniyasining to‘liq elektr yuk mashinasi — Chevrolet Silverado bir martalik zaryad bilan 1705 kilometr yo‘l bosib, elektromobillar uchun dunyo rekordini o‘rnatdi. Bu haqda IT Home nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, sinov yetti kun davom etib, AQShning Milford va Detroyt yo‘llarida o‘tkazildi.
2026-yilgi ishchi versiya bazaviy holatda 793 km masofa bosishi kerak edi, biroq muhandislar tomonidan og‘irlikni kamaytirish va aerodinamikani yaxshilash choralari bilan bu ko‘rsatkich deyarli ikki barobarga oshirildi.
Shunga qaramay, General Motors ushbu natijani Guinness rekordi sifatida rasmiylashtirishni rejalashtirmayapti. Kompaniya bu tajribani muhandislarning «shijoatli loyihasi» deb atadi.
Hozirgi Guinness rekordi esa Lucid kompaniyasining Air Grand Touring modeliga...
2025-yil 5–6-avgust kunlari «O‘zatom» agentligi delegatsiyasi Belarus Respublikasida bo‘lib, mamlakatdagi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi va ishlash tajribasini o‘rganmoqda. Bu haqda «O‘zatom» agentligi ma’lum qildi.
Delegatsiya Belarus energetika vaziri Denis Moroz bilan uchrashib, atom energetikasi sohasida hamkorlik, xavfsizlik, jamoatchilik bilan aloqalar va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi masalalarni muhokama qildi. Shuningdek, ular BelAES infratuzilmasi, AES xodimlari uchun shahar qurilishi va dispetcherlik markazi faoliyati bilan tanishdi.
«Ishonchim komilki, belaruslar O‘zbekistonda AES qurilishda ishtirok etishlari mumkin», — dedi Belarus Respublikasi energetika vaziri Denis Moroz.
«O‘zatom» rahbari Azim Axmedxadjayev Belarus tajribasini O‘zbekistonda sanoat bazasini shakllantirishda muhim deb baholadi...
Raqobat qo‘mitasi Singapurning Multinational Mining Group Overseas PTE.Ltd. kompaniyasi bilan O‘zbekistonning Multinational Mine Group korxonasi o‘rtasidagi bitimni ma’qulladi.
Xorijiy investor foydali qazilmalarni qidirish va muhandislik ishlari bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek kompaniyasining ustav kapitalidagi 100 foizlik ulushni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Xaridor turli korxonalarga sarmoya kiritadigan xolding kompaniyasidir. Shuningdek, Singapur kompaniyasi Toshkent viloyatida konlarni o‘zlashtirayotgani ham ma’lum. Kompaniyaning asosiy loyihasi Qorasoyda oltin qazib olishdan iborat.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda uy-joy bozori qayta jonlangani haqida xabar bergan edi.
Lenovo kompaniyasining yangi Xiaoxin Tablet Pro GT plansheti 6-avgustdan boshlab Xitoyda savdoga chiqarildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
JD.com savdo platformasida uning boshlang‘ich narxi 1799 yuan (taxminan $250) etib belgilangan.
Narxlar variantlar bo‘yicha:
8 GB + 128 GB: 1799 yuan ($250) ; 8 GB + 256 GB: 1999 yuan ($278) ; 12 GB + 256 GB: 2299 yuan ($320).Planshet 11,1 dyuymli 3200×2000 pikselli yuqori aniqlikdagi ekran bilan jihozlangan. Displey 144 Hz yangilanish tezligi, 800 nit yorqinlik va 98% DCI-P3 rang qamrovi bilan ajralib turadi. U Stylus Pro ruchkasini qo‘llab-quvvatlaydi — 8192 darajadagi bosim sezuvchanligi va 0,3 ms kechikish...
O‘zbekistonliklarning qariyb 67 foizi meva va sabzavotlarni yetarli miqdorda iste’mol qilmaydi. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, agentlik huzuridagi Delivery Unit ishtirokida aholining oziqlanish odatlarini baholashga qaratilgan birinchi milliy tadqiqot o‘tkazilmoqda. Tadqiqot metodologiyasi anketa asosidagi so‘rov va tibbiy o‘lchovlarni — bo‘y va vazndan tortib, qondagi qand va xolesterin darajasigacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Xabarga ko‘ra, hozirga qadar 13 mingdan ortiq xonadon ushbu tadqiqotda ishtirok etgan. Yig‘ilgan ma’lumotlar nafaqat aholining to‘g‘ri ovqatlanish prinsiplari haqida xabardorligini baholashga, balki mikroelementlar yetishmovchiligi va ortiqcha vaznga bog‘liq surunkali kasalliklar kabi keng tarqalgan muammolarni aniqlashga yordam beradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko‘plab...
O‘zbekistonda saqlanadigan yoki ko‘paytiriladigan hayvonlar majburiy tarzda belgilangan muddatlarda identifikatsiya qilinib, ro‘yxatga olinadi. Bu haqda qonun qabul qilindi.
Yangi qonunga ko‘ra, hayvonlarni ro‘yxatga olish va identifikatsiya qilish uchun aniq muddatlar quyidagicha belgilanmoqda.
qoramol, qo‘y, echki va tuya – tug‘ilganidan keyin 14 kun ichida; otlar – tug‘ilganidan so‘ng 4 oy ichida; cho‘chqalar – tug‘ilganidan so‘ng 1 oy ichida; it va mushuklar – tug‘ilganidan 3 oy o‘tib.Mazkur muddatdan keyin esa hayvonlar 1 oy ichida kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va ro’yxatga olinishi shart.
Shuningdek, agar hayvonlar O‘zbekistonga saqlash yoki ko‘paytirish maqsadida olib kirilsa, ular olib kirilgan kundan boshlab 21 kun ichida ro‘yxatga...
Samsung yangi One UI 8 operatsion tizimini Galaxy S24 qurilmalari uchun 11-avgustdan beta sinoviga taqdim etadi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.
One UI 8 Android 16 asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Galaxy S24 turkumidagi telefonlar uchun yettita yirik operatsion tizim yangilanishlaridan ikkinchisiga aylanadi. Rasmiy versiyaning aynan qachon tarqatilishi hozircha noma’lum, ammo beta dasturining boshlanish sanasi tasdiqlandi.
Beta dastur quyidagi to‘rt davlatda boshlangan: Hindiston, AQSh, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya. Avvalgi versiyalardan farqli ravishda bu safar Germaniya, Polsha va Xitoy dastlabki bosqichda qatnashmaydi. Faqat Galaxy S25 egalarigina istisno sifatida jalb qilinadi.
Foydalanuvchilar Samsung Members ilovasi orqali beta dasturiga ro‘yxatdan o‘tishlari...
Joriy yilning olti oyida Toshkent shahridagi jamoat transportlarida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan 4090 nafar fuqaroga ma’muriy choralar ko‘rilgan. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent avtobuslarida naqd pulda to‘lov qilish amaliyoti to‘liq bekor qilingan bo‘lib, yo‘lovchilar elektron to‘lov yoki bir martalik QR-chiptalar yordamida to‘lovni amalga oshirishlari talab etiladi.
Shu munosabat bilan Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi tomonidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Aksariyat yo‘lovchilar yangi tizim qulayligini e’tirof etib, yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lagan bo‘lsa, ayrimlari sababsiz to‘lovni amalga oshirmasdan avtobusdan tushib ketayotgani kuzatilmoqda.
Mazkur holatlarning...
Amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopezning jamoasi bo‘lgan samolyot Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo Neba» Telegram kanali xabar berdi.
Samolyot bortida 90 ga yaqin kishi bo‘lib, ular orasida musiqachilar, qo‘riqchilar, raqqosalar va logistika jamoasi a’zolari bor.
Qo‘shiqchi ertaga, 7-avgust kuni poytaxtdagi «Milliy» (avvalgi «Bunyodkor») stadionida konsert beradi.
Umumiy hisobda 25 mingta chipta sotilishi rejalashtirilgan. Iyul oyining o‘rtalariga kelib, ushbu chiptalarning 40 foizini xorijiy fuqarolar xarid qilgan. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ushbu tadbirga yirik homiylar jalb qilinishi rejalashtirilganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, jamg‘arma konsert mahalliy kichik va o‘rta biznes, mehmonxonalar va restoranlar rivojiga hissa qo‘shishini, shuningdek, texnik xodimlar va...
2025-yilda avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) narxi qancha? Qaysi hollarda tonirovka bepul qo‘yiladi? Atermal (quyoshdan himoyalovchi) plyonkalarga ruxsat bormi? Ruxsatnomasiz tonirovka uchun qanday jarimalar belgilangani va texnik masalalarda eng ko‘p beriladigan savollarga javob beramiz.
Agar avtomobil oynalarini qoraytirishni (tonirovka) rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, quyidagi savollarga oldindan javob topish muhim:
Qaysi oynalarni bepul qoraytirish mumkin? Old eshik oynalari va old oynaga atermal (quyoshdan himoyalovchi) plyonka yopish ruxsat etiladimi? Ruxsatnoma narxi qancha turadi? Tonirovkasiz haydovchilarga qanday jarima qo‘llaniladi? Qaysi oynalarni bepul qoraytirish mumkin?2022-yil 1-iyuldan boshlab, O‘zbekiston haydovchilari orqa yarim shar (ya’ni orqa yon oynalar va orqa oynani) ruxsatnomasiz...
CMWP Uzbekistan kompaniyasi 2025-yilning 1-yarim yilligi uchun Toshkentdagi uy-joy bozori holatini o‘rganib chiqdi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi. Monitoring natijalariga ko‘ra, yangi loyihalarning umumiy maydoni 932 ming kvadrat metrni tashkil etib, bu o‘tgan yilga nisbatan 8% ko‘pdir.
Biroq loyiha soni deyarli o‘zgarmagan — 2024-yilda 18 ta loyiha e’lon qilingan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 17 tani tashkil etdi.
Segmentlar bo‘yicha taqsimot:
Komfort toifasi: 10 ta loyiha, 616 ming kv.m. (–2%) Biznes toifasi: 5 ta loyiha, 232 ming kv.m. (+217%) Premium toifasi: 2 ta loyiha, 77 ming kv.m. (+52%)Asosiy tendensiyalar:
Bozor tiklanmoqda
2024-yildagi pasayishdan so‘ng, ayniqsa biznes...
Wi-Fi texnologiyasining navbatdagi avlodi Wi-Fi 8 ishlab chiqilmoqda. Mazkur standart tezlikdan ko‘ra barqarorlikka urg‘u berishi bilan ajralib turadi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.
Yangi texnologiya Wi-Fi signalini yomon qabul qiladigan joylarda – masalan, katta binolar yoki gavjum hududlarda – uzilishlar va sekinliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Wi-Fi standartlarini ishlab chiqadigan IEEE tashkiloti yaqinda Wi-Fi 8 ning birinchi loyihaviy hujjatini tasdiqladi. Texnik nomi 802.11bn Ultra High Reliability (UHR) bo‘lgan Wi-Fi 8 asosan ishonchlilikni oshirishga qaratilgan.
Yangi standartning asosiy yangiliklaridan biri Single Mobility Domains texnologiyasi bo‘lib, bu foydalanuvchi bitta routerdan boshqasiga o‘tayotganda signal uzilishlari...
Shu yilning birinchi yarmida tuzilgan ko‘chmas mulk bitimlari soni 88 mingdan oshdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 9,9 foizga o‘sgan. Bu haqda Markaziy bank (MB) tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.
Birinchi yarim yillikda tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarining 21 foizidan ko‘prog‘i aynan ipoteka asosida amalga oshirilgan. Bu esa 2024-yilga nisbatan 1,4 foizli o‘sishni bildiradi.
Bundan tashqari, ikkinchi chorakda ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36 foizga oshdi. Shuningdek, ushbu kreditlarining 74 foizi birlamchi bozordagi uy-joy xaridlariga yo‘naltirilgan.
Yanvar-iyun oylarida uy-joy qurilishi sohasiga yo‘naltirilgan...
Bugun, 6-avgust kuni dollar kursi 21,9 so‘mga pasayib, 12 502,99 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.
Dollar kursining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 28,48 so‘mga oshib, 14 484,71 so‘mni, rubl esa 0,60 so‘mga pasayib, 155,94 so‘mni tashkil qildi.
Yevro va rubl valyutasining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.
«UzChasys» MChJ ustav kapitalidagi 70 foiz davlat ulushi bo‘yicha ochiq savdo jarayonlari keyingi bosqichga o‘tdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Ushbu jarayonni Portfolio Investments kompaniyasi konsultant sifatida yuritmoqda.
Dastlabki bosqichda (qiziqish bildirish – EoI) besh nafar xorijiy va mahalliy investorlardan arizalar qabul qilindi. So‘ng ushbu arizalar talabgorlarning moliyaviy imkoniyatlari, sanksiyalarga daxldor emasligi va qonunchilikka rioya qilishi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tahlillarga ko‘ra, barcha talabgorlarning arizalari yuqoridagi mezonlarga javob bergan va ular keyingi bosqich – majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni (Binding offer – BO) qabul qilish bosqichiga taklif etildi.
BO uchun takliflar 2025-yil 3-sentabr soat 23:59 ga qadar qabul...
Samsung kompaniyasi New York shahridagi Unpacked tadbirida navbatdagi bukiluvchi smartfoni Galaxy Z Flip 7’ni rasman taqdim etdi. Xo‘sh, Samsung Galaxy Z Flip 7 o‘zi qanday smartfon? Kursiv Uzbekistan Sammobile nashriga tayanib ma’lumotlarni tayyorladi.
Z Flip 7 eng yupqa va eng yengil Flip modeli bo‘ldi. Qurilmaning alyuminiy korpusi yuqori sifatli bo‘lib, qo‘lda juda qulay va mustahkam ushlanadi. Endi tashqi ekran 4,1 dyuymli Super AMOLED bo‘lib, avvalgi modellarga nisbatan ancha katta va dizayni bilan ko‘zga tashlanadi. Bu ekran atrofidagi kameralar bilan uyg‘un ravishda joylashtirilgan va 2 600 nit yorqinlik darajasi bilan...
Xiaomi Poco brendi ostida yangi smartfon – Poco M7 Plus modelini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Yangi qurilma 13-avgust kuni rasman namoyish etiladi.
Smartfonning eng asosiy jihati – 7000 mA·soat sig‘imli akkumulyator bo‘lib, u 33 Vt tezkor va 18 Vt teskari quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Poco M7 Plus aslida yaqinda Yevropada tanishtirilgan Redmi 15 5G modelining boshqa nomdagi nusxasi bo‘lishi mumkin. U 6,9 dyuymli Full HD+ IPS ekranga ega bo‘ladi, yangilanish chastotasi esa 144 Hz.
Smartfon Snapdragon 6s Gen 3 chipida ishlaydi. Xotirasi – 4 GB operativ va 128 GB ichki, microSD kartalarini qo‘llaydi. Asosiy kamera 50 MP, unga 8 MP ultra...
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Olmaotaning yuqori qismida ko‘p qavatli turarjoylar va oraliq qurilishlarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha moratoriy e’lon qilishni topshirdi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentning Olmaotaga tashrifi davomida shahar hokimi Darxan Satibaldi 2025-yilning birinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari haqida hisobot berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqa muddatli iqtisodiy ko‘rsatkich 11 foizga oshgan, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar esa 25,4 foizga ko‘paygan.
Prezidentga shaharning markaziga tushadigan yuklamani kamaytirish, infratuzilmani teng taqsimlash va jamoat transporti imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi.
Shu bilan birga, Qozog‘iston rahbari shaharning yuqori qismi (tog‘li hudud)da ko‘p qavatli turarjoylar va oraliq qurilishlarni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha moratoriy...
BYD kompaniyasi Afrika va Yaqin Sharq bozorlariga mo‘ljallangan yangi BYD Denza B8 gibrid SUV modelini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Taqdimot 1-avgust kuni Xitoyning Jengzhou shahridagi zavodda o‘tkazildi.
Denza B8 — bu to‘liq o‘lchamli, uch qatorli yo‘ltanlamas avtomobil. U Xitoyda FCB Bao 8 yoki Leopard 8 nomi bilan sotiladi. B8 modeli xorijiy bozorlarda Denza brendi ostida taqdim etiladi. BYD bu orqali Denza model qatorini kengaytirishni maqsad qilgan.
Kompaniyaning Xitoydagi yuqori toifadagi brendlari — Denza, Fang Cheng Bao (FCB) va Yangwang. Ammo xalqaro bozorlar uchun BYD FCB modellarini Denza nomi ostida chiqarmoqda. Masalan, FCB Bao 5 Avstraliyaga Denza...
Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar Tuychiyev tomonidan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov nomiga issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishda uchrayotgan tizimli muammolar bo‘yicha senatorlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda qayd etilishicha, oxirgi yillarda issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda eksportbop, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar yetishtirish masalalari davlat e’tiborida turibdi. Bu borada prezident qarorlari bilan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va soliq yengilliklari taqdim etilgan.
Shu bilan birga, senator issiqxona sektoridagi bir qator muammolarga ham e’tibor qaratdi. Xususan:
issiqxona xo‘jaliklarini moliyalashtirishda barqaror mexanizmlar yo‘qligi; gaz, elektr va suv ta’minotidagi uzilishlar; yuqori foizli kreditlar oqibatida ko‘plab xo‘jaliklarning bank...