Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan muzliklarni saqlash bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi va bir qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Konferensiyada 90 dan ortiq davlatlardan 2,5 mingga yaqin vakil, jumladan, davlat rahbarlari, BMT va xalqaro tashkilotlar mutaxassislari qatnashdi. Tadbirda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon global muzliklarni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston vakili sifatida so‘zga chiqqan vazir muzliklar Markaziy Osiyo suv xavfsizligi va barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutishini qayd etdi. U mamlakatda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlar – «Yashil makon» tashabbusi, Orolbo‘yi hududini ko‘kalamzorlashtirish va...