Saudiya Arabistonining Pro-ligasi 26-turida «Al-Nasr» jamoasi «Al-Hilol»ga qarshi o‘yinida 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«Al-Hilol» – «Al-Nasr» uchrashuvi
Birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida Ali Al-Hassan hisobni ochdi. Yarim himoyachi burchak to‘pidan so‘ng aniq aylanma zarbasi bilan to‘pni yuqori burchakka yo‘lladi.
47-daqiqadayoq Krishtianu Ronaldu Sadio Manening uzatmasini yakunlab, mehmonlarning ustunligini dubl qildi. Bu gol portugaliyalikning professional faoliyatidagi 930-gol bo‘ldi.
Biroq «Al-Hilol» taslim bo‘lmadi va bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 62-daqiqada Salem Al-Davsariyning burchak to‘pi va Milinkovich-Savichning uzatmasidan so‘ng Ali Al-Bulayxi yaqin masofadan gol urdi – 1:2.
Ammo o‘yin oxirida hammasini Moteb Al-Harbi ishtirokidagi epizod hal qildi . 84-daqiqada Duran himoyachining zarbasidan so‘ng «Al-Hilol» jarima...