Bugungi kunda 67 ta tadbirkorlik subyekti va davlat tashkilotlari tomonidan 81 ta faoliyat turi bo‘yicha eksklyuziv huquqlar mavjud. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tahlillarda e’lon qildi.
Ushbu huquqlar aholining sog‘lig‘i, huquq va manfaatlari, davlat hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida berilgan.
O‘tgan davr mobaynida 24 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt va davlat tashkilotlariga berilgan eksklyuziv huquqlar bekor qilindi. Bu iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga kengroq imkoniyat yaratish maqsadida amalga oshirildi.
Avvalroq 1-apreldan boshlab ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilingani haqida yozgandik.
Shuningdek, 28-fevraldagi prezident farmoni ijrosini ta’minlash doirasida Eksklyuziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi...