Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushning hal qiluvchi bosqichida harbiy chaqiruv doirasida 160 ming kishini armiyaga jalb etishga qaror qildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu safar chaqiruv 18-yoshdan 30-yoshgacha bo‘lgan erkaklarni qamrab oladi va 15-iyulgacha davom etadi.
Rossiya rasmiylarining ta’kidlashicha, bu harbiy safarbarlik armiyani umumiy kengaytirish rejasining bir qismi bo‘lib, so‘nggi yillarda Rossiya qurolli kuchlari soni 1 mlndan 1,5 mlnga yetkazilgan.
Shu bilan birga, bu chaqiruv Ukrainadagi harbiy vaziyat keskinlashgan bir paytda amalga oshirilmoqda. Rossiya Kiyev kuchlarini to‘xtatish uchun Shimoliy Koreya askarlaridan yordam olmoqda, AQSh esa urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Rossiya qonunlariga...