Shavkat Mirziyoyevga ichimlik suvi va oqova tizimlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bugungi kunga kelib, aholi yashash hududlarining 81 foizi ichimlik suvi, 20 foizi esa oqova tizimi bilan ta’minlangan. 2025-yil davomida 1 619 km ichimlik suvi va 521 km oqova tarmoqlari tortilishi, 162 ta inshoot qurilishi va ta’mirlanishi rejalashtirilgan. Natijada 715 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suviga, yana 400 ming kishi esa oqova xizmatiga ega bo‘ladi.
Sohada xalqaro moliya institutlari ishtirokida 21 loyiha amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Joriy yilda $800 mlnlik ishlar bajarilishi, 138 ta suv inshooti ishga...