Li Auto kompaniyasining yangi Li i8 elektromobili Xitoyda 321 800 yuandan ($44,8 ming) boshlab sotuvga chiqdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Model 536 ot kuchiga ega bo‘lib, 720 kmgacha zaryad bilan yuradi va ikki kamerali havo yostiqchasi bilan jihozlangan.
Bu model aslida o‘tgan yili taqdim etilishi kerak edi. Lekin Mega modelining sust savdolari sabab kechiktirilgan. i8 joriy yilning fevral oyida namoyish etildi. Aprel oyida sotuvga ruxsatnoma olgan. Model 29-iyuldan boshlab rasman bozorda sotila boshladi.
Tashqi ko‘rinishi
Kompaniya rahbari Li Sian i8 dizayni yaxtalardan ilhomlanganini aytgan. Mashina pastga egilgan kapot, old bamperga o‘rnatilgan faralar va old oynasi ostida LED chiziq...