ChatGPT suhbatlari sud talabiga ko‘ra taqdim etilishi mumkin. Bu haqda OpenAI rahbari Sem Altman ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, ChatGPT bilan bo‘lgan suhbatlar shifokor, yurist yoki psixoterapevt bilan olib boriladigan suhbatlardek huquqiy himoyaga ega emas. Unga ko‘ra, hozirgi kunda ko‘plab odamlar, ayniqsa yoshlar, SI’dan psixologik yordam, hayotiy maslahat yoki munosabatlar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishda foydalanmoqda. Biroq bu suhbatlar maxfiy hisoblanmaydi.
«Biz ChatGPT bilan bo‘lgan bunday suhbatlar uchun tartib-qoidalarni hali aniqlab olganimiz yo‘q. Agar siz eng shaxsiy muammolaringiz haqida ChatGPT bilan gaplashsangiz va keyinchalik qandaydir sud jarayoni boshlangan bo‘lsa, biz bu yozuvlarni taqdim etishga majbur bo‘lishimiz mumkin...