30-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 14-26°, kunduzi 24-41° oralig‘ida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
30-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 14-26°, kunduzi 24-41° oralig‘ida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan, Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shgan hissasi, samarali tashkiliy faoliyati va xalq manfaatlariga xizmat qilganligi uchun bir guruh rahbarlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Do‘stlik» ordeni bilan Asaka tumani hokimi Mo‘minov Nasibulla Nabiyevich mukofotlandi.
«Jasorat» medali bilan tuman prokurori Mirzakarimov Akmaljon, IIB boshlig‘i Nazirov Shoxruxbek va soliq inspeksiyasi boshlig‘i Raximov Ilxomjon taqdirlandi.
Shuningdek, prezident administratsiyasi mas’ul xodimi Nabiyev Farxodga «Shuhrat» medali topshirildi.
Mukofotlar «Islohotlar shtabi» faoliyati samaradorligi, infratuzilmani rivojlantirish va aholi farovonligi yo‘lidagi xizmatlar uchun berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident davlat idoralari faoliyatini jinoyatlar oldi olingani bilan...
12 500 so‘mga tushgan dollar, benzin eksportini taqiqlagan Rossiya, foiz stavkasi pasaygan avtokreditlar, hududi kengaytirilishi rejalashtirilayotgan Kattaqo‘rg‘on shahri, $500 millionlik investitsiya fondi — Kursiv Uzbekistan 29-iyulda yuz bergan muhim voqealarni bitta materialga jamladi.
Fuqarolar ushbu xizmatdan foydalanish uchun endi nafaqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali, balki bevosita Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari ham mumkin.
1-iyul holatiga ko‘ra, banklardagi muammoli kreditlar umumiy miqdori 21,9 trln so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 1-iyun bilan solishtirilganda 0,7 foizga, ya’ni 1,65 trln so‘mga kamaygan. Iyun...
Shavkat Mirziyoyev maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda ushbu illatning keng tarqalgan shakli – shahar va tumanlarda sodir bo‘layotgan holatlarning 75 foizi maishiy tusda ekani ta’kidlandi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining yig‘ilishida ushbu muammo ustuvor masala sifatida belgilangandi. 21-aprel kungi Prezident farmoniga binoan, Bosh prokuratura huzurida maxsus tahlil bo‘limi tashkil etildi. Bugungi kunda 200 dan ortiq mutaxassislar korrupsiyani o‘rganish bilan shug‘ullanmoqda, tizimda esa 100 mingdan ortiq xodimlar ushbu sohada faoliyat yuritmoqda.
Shunga qaramay, taqdimotda korrupsiyaning sabablari yetarlicha tahlil qilinmayotgani va asosiy e’tibor...
Endilikda «Uzautotrans service» korxonasining shaharlararo avtobus qatnovlari chiptalarini ATTO mobil ilovasi orqali onlayn xarid qilish imkoni yaratildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Hozirda korxona quyidagi yo‘nalishlarda muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda: Toshkent – Zomin, Toshkent – Boysun, Toshkent – Kadan, Toshkent – Navoiy, Toshkent – Xatirchi, Toshkent – Juma, Toshkent – Qarshi, Toshkent – Shahrisabz, Toshkent – Qamashi, Toshkent – G‘uzor, Toshkent – Jarqo‘rg‘on, Toshkent – Sherobod, Toshkent – Uzun, Toshkent – Denov, Toshkent – Termiz.
Yangi xizmat orqali yo‘lovchilar vaqtini tejab, chiptani istalgan joydan xarid qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Toshkent – Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd ishga...
Rossiya hukumati tomonidan joriy etilgan vaqtincha benzin eksporti cheklovlari O‘zbekistonga yetkazib beriladigan mahsulotlarga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Avvalroq Rossiya hukumati benzin eksportiga qo‘yilgan vaqtincha cheklovlarni 2025-yil 31-avgustgacha uzaytirgandi. Cheklovlar endilikda faqat eksportchilar emas, balki neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ham tatbiq etilmoqda.
Energetika vazirligi ta’kidlashicha, ushbu taqiq xalqaro hukumatlararo bitimlarga taalluqli emas, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida esa shunday amaldagi bitim mavjud.
Shunga qaramay, iqtisodchi Otabek Bakirovning fikricha, bu holatning O‘zbekistonga ham bilvosita ta’siri bo‘lishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy bayonotlarga qaramay, yonilg‘i narxlari o‘sish ehtimoli mavjud. Bu holat 2023 va 2024-yillarda ham kuzatilgan edi.
Natijada...
Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2026 – 2028-yillar fiskal strategiyasiga ko‘ra, budjet xodimlari ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar har yili inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorda oshiriladi. Bu chora aholi turmush darajasini yaxshilash hamda fuqarolarning real daromadlarini oshirishga qaratilgan.
Shuningdek, Pensiya jamg‘armasining daromadlarini ta’minlash maqsadida ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi. 2025-yilda budjetdan Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar 20 trln so‘mdan oshadi, 2028-yilga borib esa bu raqam 26 trln so‘mga yetadi.
Ma’lumot uchun, 2022-yildan buyon ish haqi va to‘lovlar inflyatsiyadan yuqori miqdorda indeksatsiya qilinmoqda. 2025-yil 1-iyuldan ijtimoiy to‘lovlar o‘rtacha 10% ga oshirildi, inflyatsiya darajasi esa 8% atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib...
Oʻzbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Azizbek Turgʻunboyev «Paxtakor» klubiga qaytdi. Bu haqda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turgʻunboyev bilan 2026-yil 31-dekabrgacha moʻljallangan 1,5 yillik shartnoma imzolangan.
Futbolchi 2021 – 2023-yillar oraligʻida ham «sherlar» safida toʻp surgan va jamoa bilan bir necha bor Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan edi.
Uning soʻnggi jamoasi Turkiya Superligasining «Sivasspor» klubi boʻldi. Oʻtgan mavsumda u ushbu jamoa safida 33 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning «Bashakshehir» klubiga oʻtgani haqida yozgandi.
Xiaomi yangi superflagman Xiaomi 16 Pro Max smartfoni ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Smartfon uchta 50 MP kameraga ega bo‘ladi. Asosiy sensor SmartSens 590 bo‘lib, 1/1,28 dyuymli format va LOFIC 2.0 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Periskopli kamera esa 5 karra optik zoomga ega bo‘ladi.
Smartfonga 7500 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. U 100 vattlik tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Xiaomi 16 Pro Max Qualcomm’ning Snapdragon 8 Elite Gen 2 chipi asosida ishlaydi. Qurilmada Android 16 operatsion tizimi va HyperOS 3.0 interfeysi bo‘ladi.
Xiaomi odatda o‘z flagmanlarini Qualcomm’ning yangi chipidan so‘ng darhol taqdim etadi. Bu yilgi Qualcomm tadbiri sentabr...
Shu yilning dastlabki olti oyi yakunlariga ko‘ra, Paynet aksiyadorlik jamiyati 201,7 milliard so‘m sof foyda qayd etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 65,5 milliard so‘mga yoki 47 foizga ko‘p. Bu haqda kompaniya moliyaviy hisobotlarida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Paynet’ning sof tushumi 50 foizga oshib, 756,5 milliard so‘mga yetgan. Shu bilan birga, operatsion xarajatlar ham 173 milliard so‘mga ko‘paygan bo‘lib, umumiy hisobda 521,6 milliard so‘mni tashkil etgan. Ma’muriy xarajatlar esa 11,5 milliard so‘mga ko‘payib, 30,5 milliardga yetgan.
Yil boshidan buyon kompaniya balansidagi aktivlar miqdori ikki baravar oshib, 1,3 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘sishda ustav kapitalining 550 milliard so‘mga ko‘paytirilgani...
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafigini uzatish va yo‘naltirish bo‘yicha 100 foizlik vaqtinchalik davlat monopoliyasi joriy etiladi. Bu haqda mamlakat prezidentining farmoni imzolandi.
Yangi tartibga ko‘ra, «ElKat» kompaniyasiga xalqaro internet-trafikni respublika ichkarisida uzatish, mamlakat orqali o‘tadigan tranzit ma’lumotlar oqimini boshqarish bo‘yicha eksklyuziv huquq beriladi. Barcha mahalliy aloqa operatorlari va internet-provayderlar ikki oy ichida xalqaro trafik bo‘yicha amaldagi kelishuvlarini kompaniya bilan yangilashi shart bo‘ladi.
Bundan tashqari, hukumat «ElKat» imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida «Aknet» kompaniyasining 100 foiz aksiyalarini unga o‘tkazadi. Rasmiylar bu chora orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, trafikni tartibga solish va aloqa sifatini oshirishni rejalashtirmoqda.
Farmon ijrosi ustidan nazorat prezident administratsiyasi hamda tegishli davlat organlariga...
Bugun, 29-iyul kuni Buloqboshi tumanidagi kanalda neft oqayotgani tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Fuqarolar suvda neft mahsulotlari oqayotganini bildirgan.
Holat yuzasidan Andijon viloyati ekologiya boshqarmasi va boshqa mas’ul idoralar vakillari voqea joyiga chiqqan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, neft mahsuloti «Sanoat energetika guruhi» MCHJ hududida yuz bergan avariya tufayli sizib chiqqan. Avariya neftni qayta ishlash jarayonida sodir bo‘lgan.
Nazorat organlari voqea zudlik bilan bartaraf etilganini bildirdi. Korxona bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, uning faoliyati to‘liq tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Ekologlar atrof-muhitga yetkazilgan zarar va javobgar shaxslar yuzasidan tekshiruv natijalarini keyinroq e’lon qilishlarini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan «Yashil belgi» ekologik markirovka tartibi...
Asaka tumanidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi og‘ir tan jarohati olgan. Bundan tashqari, stansiya hududida Labo avtomobili to‘liq yonib ketgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, tergov davom etmoqda.
Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish uch yilgacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, sudlar uch yilgacha shartli jazo yoki axloq tuzatish ishlari yoxud jarima jazosini tayinlashi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chorvoqda yana yong‘in chiqqani rad etilgani haqida xabar bergan
2025-yilning birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, «Toshkent» respublika fond birjasining sof foydasi 11,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu haqda birja hisobotida ma’lum qilindi.
Bunday yuqori moliyaviy natijalarning keskin yaxshilanishiga fond birjasining umumiy tushumi 4,4 mlrddan 18,6 mlrd so‘mgacha oshishi, ya’ni yillik 320 foizga o‘sgani sabab bo‘ldi.
Qimmatli qog‘ozlar savdosining umumiy hajmi 12,02 trln so‘mni ($933,3 mln) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 17 baravarga oshgan. Hisobot davrida jami 214 851 ta bitim tuzildi, ularning 85 foizi birja kotirovka varagʻiga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar orqali amalga oshirildi. O‘rtacha kunlik savdo hajmi 97,7 milliard so‘mni ($7,59 millionni) tashkil etdi.
Avstraliyaning Sidney shahrida 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi uchun qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda 12 ta terma jamoa uchta guruhga boʻlindi.
Musobaqada 23 yillik tanaffusdan soʻng qaytayotgan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi kuchli raqiblar bilan bir guruhdan joy oldi. Ya’ni «B» guruhida amaldagi chempion Xitoy, shuningdek, KXDR va Bangladesh terma jamoalari bilan bellashadi.
Qur’a natijasiga koʻra guruhlar quyidagicha shakllandi:
A guruhi: Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron, Filippin; B guruhi: KXDR, Xitoy, Oʻzbekiston, Bangladesh; C guruhi: Yaponiya, Vyetnam, Hindiston, Xitoy Taypey.Ma’lumot uchun, musobaqaning final bosqichi 2026-yil 1–21-mart kunlari Avstraliyada oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi saralash bosqichini guruhda 1-oʻrinda yakunlab...
O‘zbekistonning $1,68 milliardlik aktivlarni boshqarayotgan milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) London va Toshkent fond birjalarida parallel IPO o‘tkazish bo‘yicha banklar bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda Bloomberg manbalari xabar bermoqda.
Yil boshidan beri UzNIF faoliyatini Franklin Templeton kompaniyasi boshqarib kelmoqda. Franklin Templeton mazkur bitimda STJ Advisors konsalting kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Rasmiylar hozircha bu borada ochiq bayonot bermagan, ammo UzNIF xalqaro investorlarni jalb etish maqsadida London fond birjasida global depozit sertifikatlari (GDR) chiqarishni ko‘rib chiqmoqda.
Jamg‘arma faoliyati va Yaqin Sharqdagi investorlar bilan aloqa
Jamg‘arma o‘tgan yili tashkil etilgan bo‘lib, u 18 ta yirik davlat korxonalarida minoritar ulushga egalik qiladi. Ayni...
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun $500 millionlik investitsiya fondini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Otabekjon Nasritdinxodjayevning Xitoy tadbirkorlari assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, xitoylik hamkorlar birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ekspertlar guruhlarini tuzish, ekologik standartlarni muvofiqlashtirishni ham taklif qilgan. Shuningdek, mutaxassislar tayyorlash va yashil moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston tomoni esa bu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.
So‘nggi uch yil ichida Xitoydan O‘zbekistonga jalb qilingan investitsiyalarning asosiy qismi quyidagi uchta sohani tashkil etdi: sanoat (62%), energetika (11%) va qishloq xo‘jaligi (4%).
Bundan oldin Kursiv Uzbekistan...
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri va unga tutash tumanlar hududini o‘zgartirishga oid qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Yangi tartibga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahri tarkibiga Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1 945 gektar, Nurobod tumanidan 971 gektar yer maydoni qo‘shiladi.
Bundan tashqari, Nurobod tumanining 600 gektar hududi Kattaqo‘rg‘on tumani tasarrufiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu o‘zgarishlar natijasida Kattaqo‘rg‘on shahri o‘rta toifadagi shahardan yirik shahar maqomiga o‘tadi. Shuningdek, kengaytirilgan hududlarda 50 gektarda «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi filiali, 30 gektarda uchta kichik sanoat zonasi tashkil etilishi belgilangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqanddagi 12 qavatli bino sud qarori bilan buzilayotgani haqida yozgandi.
Singapurda bo‘lib o‘tgan suv sportlari bo‘yicha jahon chempionati doirasidagi World Aquatics federatsiyasi Kongressida Shahnoza Mirziyoyeva tashkilotning byurosi a’zoligiga qabul qilindi. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Ushbu qaror World Aquatics Ijroiya qo‘mitasi byurosining yangi tarkibini shakllantirish doirasida qabul qilindi.
Shahnoza Mirziyoyeva bu lavozimni mamnuniyat bilan qabul qilganini aytib, bu nafaqat shaxsiy e’tirof, balki sportni hamma uchun ochiq qilish yo‘lida harakat qilayotgan jamoaning yutug‘i ekanini ta’kidladi.
«Men uchun ushbu tashkilotning bir qismi bo‘lish va O‘zbekiston manfaatlarini global darajada ilgari surish katta mas’uliyatdir. Bu e’tirof faqat shaxsan menga emas, balki sportni har qanday sharoit...
Malakka boʻgʻozida joylashgan mashhur Phi Phi orollaridagi plyaj 2025-yil 1-avgustdan 30-sentabrgacha mehmonlar uchun yopiladi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Bunday choralar har yili yomg‘irli mavsumda amalga oshiriladi — bu orqali korall va dengiz faunasi intensiv sayyohlik mavsumidan so‘ng tiklanishi, shuningdek, nozik ekotizimga tushadigan bosim kamaytirilishi ko‘zda tutiladi.
Bu joy 2000-yilda Leonardo Di Kaprio ishtirok etgan «Plyaj» filmi chiqishidan so‘ng mashhurlikka erishdi. Dam oluvchilar oqimi tufayli bu yerda korall riflari jiddiy zarar ko‘rdi — taxminan 80 foizi nobud bo‘lgan. Shu sababli, riftlar va sohillarga tiklanish uchun vaqt berish maqsadida bu hududga kirish har yili cheklanadi.
Bu safar yopilish paytida...
2021-yili o‘zbekistonliklar 40 ming so‘m evaziga Toshkent – Antaliya yo‘nalishida parvoz qilgan. Bu haqda Aviasales.uz arxiv ma’lumotlarini Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Shuningdek, 2025-yilning eng arzon chiptasi Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishida qayd etilgan — 213 ming so‘m.
Avvalgi yillarda ham shunga o‘xshash holatlar kuzatilgan:
2024: Samarqand – Abu-Dabi (Wizz Air) — 455 ming so‘m; 2023: Samarqand – Moskva (Pobeda) — 244 ming so‘m; 2022: Toshkent – Dushanbe (Somon Air) — 440 ming so‘m; 2021: Toshkent – Antaliya — 40 ming so‘m (bonus va cashback orqali); 2020: Toshkent – Maldiv orollari — 571 ming so‘m.Aviasales.uz ekspertlariga ko‘ra, bunday past narxlarga aviachiptalarni...
Bugun, 29-iyul kuni dollar kursi 14,33 so‘mga pasayib, 12 500,01 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.
Dollar kursining iyul oyidagi qiymati
1-iyul kuni 12 676,11 so‘mni tashkil etgan AQSh dollari kursi 2-iyul kuni 84,4 so‘mga pasayib, 12 591,71 so‘mga tushdi. 3-iyulda esa yana 34,15 so‘mga kamayib, 12 557,56 so‘m bo‘ldi.
Keyingi kunlarda esa dollar narxi asta-sekin ko‘tarildi. 4-iyulda 49,17 so‘mga oshib, 12 606,73 so‘mni tashkil etdi. 7-iyulga kelib kurs 70 so‘mga ko‘tarilib, 12 676,73 so‘mga yetdi. 8-iyulda esa 35,36 so‘mlik o‘sish kuzatilib, dollar 12 712,09 so‘m bo‘ldi.
Biroq 9–11-iyul kunlari dollar kursi ketma-ket pasaydi. Jumladan, 9-iyulda 58,77 so‘mga, 10-iyulda 18,98 so‘mga, 11-iyulda esa...
Shu yilning yanvar–iyun oylarida Uzbekistan Airways’ning sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan 45 foizga oshib, qariyb 390 milliard so‘mga yaqinlashdi. Bu haqda kompaniya moliyaviy hisobotlarida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, aviachiptalar va qo‘shimcha xizmatlardan tushgan tushum 8,71 trillion so‘mga yetgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,6 foizga ko‘proqdir. Shu bilan birga, xizmatlar tannarxi 11,4 foizga oshib, 7,64 trillion so‘mni tashkil qilgan. Natijada, yalpi foyda 1,07 trillion so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 43,3 foizga o‘sdi.
Yil boshidan buyon operatsion xarajatlar 505 milliard so‘mni tashkil etdi. Ayniqsa, boshqaruv xarajatlarida 60 foizdan ortiq o‘sish kuzatilgan.
Kompaniya o‘zining asosiy faoliyatidan 754,5 milliard...
Vivo o‘zining yangi budjet smartfoni Vivo Y400 haqida rasmiy saytida ma’lumot joylashtirdi. Bu model qiziqarli texnik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Y400 4G-smartfon bo‘lib, 6,67 dyuymli AMOLED ekranga ega. Ekran FHD+ aniqlik, 120 Hz yangilanish tezligi va 1800 nit yorqinlikni ta’minlaydi. DCI-P3 rang makonini to‘liq qamrab oladi.
Asosiy kamera 50 MP Sony IMX852 sensori va 2 MP chuqurlik datchigidan iborat. Unda Vivo Dynamic Light texnologiyasi ham bor — u bildirishnoma yoritgichi vazifasini bajaradi.
Smartfonning qalinligi 8 mm dan kam, og‘irligi rangiga qarab 196 yoki 198 grammni tashkil qiladi.
6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator 1600 marta zaryadlanganidan so‘ng ham sig‘imining...