AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi Garvard universitetining xorijiy talabalarni o‘qitish va talaba almashinuvi dasturlarini amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikatini bekor qildi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning ma’lum qilishicha, universitetning SEVP (Student and Exchange Visitor Program) dasturi bo‘yicha sertifikatining amal qilish muddati tugagan. Bu esa Garvard endi F va M vizalari asosida xorijiy talabalarni qabul qila olmasligini bildiradi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan o‘quv yilida Garvardda 7 mingga yaqin xorijiy talabalar tahsil olgan, bu universitetdagi umumiy talabalar sonining 27,2 foizini tashkil etadi.
Endi Garvardda tahsil olayotgan xorijiy talabalar AQShda qolishni istasalar, boshqa sertifikatlangan universitetga o‘tishlari shart...