Shimoliy Koreya Janubiy Koreya va AQSh o‘rtasida uchrashuvlar o‘tayotgan paytda raketa uchirdi. Bu haqida Aljazeera nashri ma’lum qildi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Seulda Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang-Mok bilan uchrashdi. Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, raketa sharq tomonga uchirilgan. Raketa uchirilishi GMT vaqti bilan soat 03:00 atrofida sodir bo‘ldi. Harbiylar raketaning o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik vosita ekanligini aniqladi.
Raketa Koreya yarim oroli va Yaponiya oralig‘idagi suvlarga qulagan. U taxminan 1100 kilometr masofani bosib o‘tgan. Seul kuzatuv va hushyorlik choralarini kuchaytirganini ma’lum qildi.
Yaponiya Mudofaa vazirligi raketa suvga qulaganini aytdi. Ushbu hodisa samolyot va kemalarga zarar yetkazmagan. Seul...