«Mahalla loyihasi» doirasida $1 milliard miqdoridagi kredit resurslari ajratildi. Ushbu mablag‘lar banklar va hududlar o‘rtasida taqsimlanib, samaradorlik nazorat qilinadi. Tuman banklari rahbarlariga oyma-oy samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni mahallalarda bandlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Yig‘ilishda banklar ishtirokida aholi bandligini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
2025-yilga qadar jami 5,2 million odam bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan. Banklar tomonidan 3 milliondan ortiq aholi bandligi va daromadli qilish belgilangan.
208 tuman va shahar hokimlari hamda banklar rahbarlari hamkorlik shartnomalari imzoladi.
Shartnomalarda tomonlarning aniq huquq va majburiyatlari belgilandi. Har bir mahallaga maqsadli ko‘rsatkichlar...