Aprel oyida O‘zbekistondagi umumiy biznes muhitini ifodalovchi ko‘rsatkich 57 birlikni tashkil etdi va o‘tgan yil apreliga nisbatan sakkiz punktga oshdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan nashriga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) xabar berdi.
O‘zbekistonlik tadbirkorlarning 38 foizi so‘nggi uch oy ichida biznes holati yaxshilanganini ma’lum qilgan. Sanoat va xizmatlar sohalari faol o‘sishni namoyon qilmoqda, qishloq xo‘jaligi barqarorlikni saqlab turibdi, biroq qurilishda to‘xtab qolish (stagnatsiya) kuzatilgan.
Respondentlarning 26 foizi ishchi-xodimlar sonining oshganini ma’lum qilgan. Tadbirkorlarning 78 foizi kelajakka umid bog‘lagan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5 foiz yuqori.
Optimistlarning eng katta ulushi sanoat sohasida – 83 foiz respondent vaziyat yaxshilanishini kutmoqda...