Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘iga binoan, ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyoti tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, baholash Kadastr agentligi huzuridagi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Baholash tartibiga zarur ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, baholanishi lozim bo‘lgan obyektlarni guruhlash, bozor ma’lumotlari asosida zonalash kiradi. Shu bilan birga, u narxni shakllantiruvchi omillar va ularning ta’sirini aniqlash, obyektlar qiymatini hisoblash va natijalarni tasdiqlashni ham o‘z ichiga oladi.
Baholashni bosqichma-bosqich quyidagi tartibda amalga oshirish rejalashtirilgan:
2025 – 2026-yillarda — tajriba tariqasida Toshkent shahrida; 2026 – 2027-yillarda — Nukus shahri va viloyat markazlarida; 2027-yil va undan keyin — boshqa hududlarda.Shuningdek, baholash uchun...