18-iyul kuni O‘zbekiston hududida havo harorati kechasi 19-30°, kunduzi esa 30-45° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumotlari viloyatlar kesimida:
18-iyul kuni O‘zbekiston hududida havo harorati kechasi 19-30°, kunduzi esa 30-45° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumotlari viloyatlar kesimida:
2025-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi $8,2 mlrd tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Bu o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga oshgan. Mablag‘larning 78 foizi Rossiyadan ($6,4 mlrd) yuborilgan. Shuningdek, Qozog‘iston, AQSh, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan ham sezilarli miqdorda pul kelib tushdi.
Ayni vaqtda rivojlangan davlatlardan kelayotgan o‘tkazmalar hajmi oshgan. Masalan, Buyuk Britaniyadan kelgan pul o‘tkazmalari ikki baravarga, Yevroittifoq davlatlaridan esa 41 foizga o‘sgan. Janubiy Koreya va AQShdan kelgan mablag‘lar ham mos ravishda 6 va 15 foizga ortgan.
O‘zbekiston fuqarolari chet elga yuborgan pul o‘tkazmalari esa $1,2 mlrdni tashkil qildi, bu...
Google tez orada yangi Pixel 10 Pro Fold smartfonini taqdim etadi. Bu haqda Android Headlines ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, smartfon bukiluvchi qurilmalar bozorida muhim yangilik bo‘ladi. Bu model suv va changdan to‘liq himoyalangan – IP68 darajasiga ega birinchi bukiluvchi smartfon sifatida tarixga kiradi.
Yangi modelda tashqi ekran 6,4 dyuymgacha kengaytirilgan bo‘lib, yorqinligi 3 ming nitga yetadi. Bu ochiq havoda ham qulay foydalanishni ta’minlaydi. Kameralar avvalgi modeldagi kabi qoladi: 48, 10,5 va 10,8 MP linzalardan iborat. Batareya sig‘imi esa 5015 mA/soat bo‘lib, bukiluvchi telefonlar orasida yuqori natija hisoblanadi.
Taqqoslash uchun, Samsung’ning eng yangi Galaxy Z Fold7 modeli IP48 himoyasiga ega.
Buyuk Britaniya hukumati 2025-yil iyul oyida 16 va 17 yoshdagi fuqarolarga barcha saylovlarda ovoz berish huquqini berishni taklif qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Bu islohot mamlakat demokratiyasini modernizatsiya qilish va yoshlarning siyosiy jarayonda ishtirokini oshirishga qaratilgan.
«Soliq to‘layotgan yoshlar davlat boshqaruvida ham so‘zga ega bo‘lishi kerak», – deya ta’kidladi bosh vazir Keir Starmer.
Yangi qonun parlament tasdig‘idan o‘tishi kerak, biroq bu kutilganidek oson bo‘ladi, chunki bu taklif Starmerning saylovoldi dasturida mavjud edi.
Konservatorlar bu qarorni tanqid qilib, uni yoshlar uchun chalkash va nomuvofiq deb atashdi. So‘rovlar esa ko‘plab 16-17 yoshdagilar ovoz...
Qoraqalpog‘iston Respublikasida talabalarga yakuniy imtihondan o‘tkazishni va’da qilgan universitet o‘qituvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi, DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi bir fuqarodan va yana 17 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berish evaziga 18,3 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpogʻistonda ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlangan edi.
2025-yil iyun oyida Qozog‘istonda qariyb 1,7 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobili sotildi. Model birlamchi avtomobil bozorida eng ko‘p sotilgan mashinalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni saqlab qoldi, deya xabar berdi Qozog‘iston Avtomobilchilar Ittifoqi (QAO).
Cobalt sotuvi may oyiga nisbatan 5,7 foizga kamaygan bo‘lsa-da, u eng yaqin raqibi – 1,5 ming dona sotilgan Hyundai Tucson’dan oldinda. Kuchli uchlikni 947 dona sotuv bilan Kia Sportage yakunlab turibdi.
Iyunda Qozog‘istonda jami 19,4 ming dona yangi yengil va tijorat avtomobillari sotilgan. Yiliga nisbatan savdo hajmi 16,2 foizga oshgan. Mamlakatda eng mashhur avtomobil brendi sifatida Hyundai birinchi o‘rinni saqlab qolgan va Chevrolet’ni deyarli ikki baravar ortda...
Samsung o‘zining navbatdagi bukiluvchi smartfonlarini taqdim etar ekan, ayrim takliflari foydalanuvchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.
2025-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Unpacked tadbirida Samsung arzonroq bukiluvchi model – Galaxy Z Flip7 FE’ni taqdim etdi. Kompaniya Flip6 foydalanuvchilariga eski qurilmani topshirib, yangi modelni $400 evaziga olishni taklif qilmoqda. Chegirma evaziga narx $500 gacha tushadi.
Biroq Flip7 FE texnik jihatdan Flip6’dan orqaroq: Snapdragon 8 o‘rniga kamroq quvvatli Exynos 2400 protsessori, operativ xotira esa 12 GBdan 8 GBgacha kamaygan. Ekran va dizayn deyarli o‘zgarmagan.
Yangi model uzoqroq dasturiy qo‘llovni va’da qiladi. Ammo foydalanuvchilar buni haqiqiy yangilanish emas, balki...
100 so‘mga arzonlagan dollar, saksovulfurushlar tomonidan kaltaklangan inspektorlar, O‘zbekistonda 6 oyda eng ko‘p sotilgan avtomobil, Chevrolet avtomobillariga chegirmalar, yil boshidan beri 44 trln so‘mga ko‘paygan pul massasi, 400 milliard so‘mga yaqin zarar ko‘rgan «Ipoteka-bank» – «Kursiv» nashri 17-iyun kuni qanday xabarlarni e’lon qildi.
16-iyul kuni soat 14:50 da China Eastern Airlines’ning birinchi reysi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshira boshladi.
Mazkur yo‘nalishda parvozlar haftasiga uch marta – dushanba...
Shu yilning dastlabki olti oyida «Ipoteka-bank» 392,5 milliard so‘mlik sof zarar ko‘rdi. Bu haqda kompaniya moliyaviy hisobotlarida e’lon qildi.
O‘tgan yilning shu davrida 191,8 milliard so‘m foyda ko‘rgan bo‘lsa-da, yil yakunini 240 milliard so‘m zarar bilan yakunlagandi.
Shuningdek, foizli daromadlar 7,2 foizga oshib, 5,5 trillion so‘mga yetgan bo‘lsa, foizsiz daromadlar 38,5 foizga ko‘payib, 2,1 trillion so‘mni tashkil etdi.
Moliyaviy zararga sabab bo‘lgan omillardan biri sifatida bankning kredit portfelidagi o‘zgarishlar ko‘rsatilmoqda. 2025-yil 1-iyun holatiga kredit portfeli 35,4 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yildagiga nisbatan 1,4 foizga kamaygan.
Bank uchun bu yil zarar bilan boshlandi. Birinchi chorakda ham...
O‘zbekistonda o‘zini mayning qurilmasiga sarmoya kiritish platformasi sifatida tanitayotgan Veemine loyihasiga rasmiylar e’tibor qaratdi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) mazkur loyiha hech qanday ruxsat olmaganini, tekshiruvlar esa unda firibgarlik va qonunbuzarlik alomatlarini aniqlaganini xabar qildi.
Agentlik holat yuzasidan hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etgan. Rasmiylar fuqarolarga murojaat qilib, kriptoaktivlar bilan bog‘liq shubhali loyihalarga, xususan, «moliyaviy piramida»larga aldanmaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda.
Avvalroq ommaviy axborot nashrlari ushbu loyiha ortidagi sxemani ochiqlagandi. Unga ko‘ra, Veemine foydalanuvchilarga mayning uskunasini ijaraga olib daromad topishni taklif qiladi. Firibgarlar, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi va Xorazm viloyatida faol bo‘lgan.
Loyiha o‘z saytida Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgani, 2013-yildan buyon...
Sayohatdan so‘ng aeroportda yuklarni topolmay qolganda yoki uni shikastlangan holda qabul qilganda qanday yo‘l tutish kerak? Uzbekistan Airports bir nechta tavsiyalarni berib o‘tdi.
1-qadam: Lost & Found xizmatiga murojaat qilish
Uchib kelish zalidan chiqmasdan, aynan shu hududda joylashgan yo‘qolgan yuklar bo‘yicha xizmatga borish kerak. Xodimlar dastlabki rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi.
2-qadam: Ariza to‘ldiriladi va holat rasmiylashtiriladi
Sizdan parvoz raqami, bagajning ko‘rinishi, aloqa ma’lumotlari va iloji bo‘lsa, yuk suratini taqdim etish so‘raladi. Xodimlar bu ma’lumotlar asosida PIR (Property Irregularity Report) hujjatini rasmiylashtiradi.
3-qadam: So‘rov uchun identifikatsiya raqami olish
Bu raqam orqali aviakompaniyaning vebsayti yoki Lost & Found xizmati orqali yuk...
AQSh prezidenti Donald Tramp Coca-Cola kompaniyasi bilan AQShda haqiqiy shakarqamishdan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Tramp Truth Social’da yozishicha, u Coca-Cola vakillari bilan suhbatlashgan va ular AQShda ishlab chiqariladigan ichimliklarda endi real shakarqamishdan foydalanishga rozi bo‘lgan.
Ushbu qadam Tramp ma’muriyatining «Amerikani sog‘lom qilamiz» tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu tashabbus Sog‘liqni saqlash vaziri Robert Kennedi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy harakatga asoslangan.
Hozirda AQShda Coca-Cola makkajo‘xori siropi bilan shirinlantiriladi. Biroq boshqa ayrim davlatlarda kompaniya shakarqamishdan foydalanadi. Kennedi AQShda ortiqcha shakar iste’mol etilishini tanqid qilib keladi. Oq uy va Coca-Cola bu borada izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz...
2025-yilning birinchi yarim yilligida «Toshkent» respublika fond birjasidagi (RFB) umumiy savdo hajmi 12 trillion so‘mga yetdi. Birja o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 17 baravar oshganini ma’lum qildi.
Yarim yillik yakunlariga ko‘ra, umumiy bitimlar soni o‘tgan yilga qaraganda 21,7 foizga kamayib, 214,9 mingtani tashkil etdi. Shundan 181,9 mingta bitim birja kotirovka ro‘yxatidagi qimmatli qog‘ozlar bilan tuzilgan, qolganlari esa tashkiliy tarzda birja tashqarisidagi bozorda amalga oshirilgan.
Shuningdek, aksiya bozoridagi savdo hajmi 14 baravar oshib, 5,3 trillion so‘mga yetdi. Bozor kapitalizatsiyasi esa 0,15 foizga oshib, 242,8 trillion so‘mni tashkil etdi. Hisobot davri oxiriga kelib birja kotirovka ro‘yxatida 93 emitentning...
Shu yilning iyun oyida O‘zbekistondagi keng ma’nodagi pul massasi (M2) 12,3 trillion so‘mga oshib, jami 312,5 trillion so‘mga yetdi. Bu haqda Markaziy bankning yangilangan statistik ma’lumotlari e’lon qilindi.
Shuningdek, iyun oyida so‘mdagi pul massasi 10,6 trillion so‘mga ko‘payib, 250 trillion so‘mga yaqinlashdi.
O‘tgan oyda muomaladagi naqd pullar hajmi 3,9 trillion so‘mga oshib, umumiy 59,1 trillion so‘mga yetdi. Bundan tashqari, bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar ham 4,1 trillion so‘mga ko‘payib, 1-iyul holatiga ko‘ra, 70,3 trillion so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, vakillik hisobvaraqlari (yuridik va vakil tashkilotlar balansidagi mablag‘lar) bo‘yicha ham yuqori faoliyat qayd etilib...
Tomorrowland festivalining bosh sahnasi yonib ketdi. BBC’ning xabar berishicha, Belgiyaning Boom shahrida joylashgan festival maydoniga minglab odamlar kelishni boshladi.
Chorshanba kuni kechqurun yuz bergan yong‘in natijasida bosh sahna butunlay yongan. Biroq tashkilotchilar hech kim jarohat olmaganini, festival davom etishini ma’lum qilmoqda.
400 mingdan ortiq mehmonlar kelishi kutilayotgan tadbir juma kuni boshlanadi. Deyvid Getta, Lost Frequencies, Svedish House Mafia va Charlotte De Vitte kabi mashhur DJlar chiqish qiladi.
Mahalliy yong‘in xizmati hududni xavfsiz deb baholadi. Endi yondirilgan sahna buzilish-buzilmasligi muhokama qilinmoqda. Tashkilotchilar sahna o‘rniga alternativ yechim izlayotganini aytgan. DreamVille nomli lager allaqachon ochilgan.
«Sahnasi oddiy sahna...
Tojikiston hukumati Rog‘un GESdan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha bitim loyihasini ma’qulladi. Hujjat matni Tojikiston Adliya vazirligi veb-saytida e’lon qilindi.
Elektr xaridini «O‘zenergosotish» kompaniyasi amalga oshiradi. Bir kVt/soat elektr energiyasining narxi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan 3,4 sentni tashkil qiladi. Ikkinchi yildan boshlab narx har yili 1 foizga indekslanadi. Bundan tashqari, Tojikistonning «Barki Tochik» energiya kompaniyasi ham O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib beradi.
Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi ushbu bitim 20 yil amal qiladi va keyinchalik 10 yillik davrlar bilan uzaytirilishi mumkin. Kelib chiqadigan bahs va kelishmovchiliklar tomonlar muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal qiladi.
Rog‘un GES – Tojikistondagi eng yirik...
AQSh bozorida iPhone’larda ishlatilayotgan displeylar bilan bog‘liq patent nizosi sababli sotuvlar to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda Hi-tech mail nashri xabar berdi.
AQSh Xalqaro savdo komissiyasi Apple yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lgan Xitoyning BOE kompaniyasi Janubiy Koreyaning Samsung’iga tegishli texnologiyalarni noqonuniy ishlatganini aniqladi.
Mazkur holat OLED displeylar ishlab chiqarishga taalluqli. BOE aynan ushbu ekranlar bilan Apple’ning iPhone 15, 16 va 17 seriyali modellarini ta’minlab kelmoqda. Komissiya hozircha dastlabki qarorni chiqargan. Bu asosda BOE tomonidan yetkazilayotgan mahsulotlar hamda ular qo‘llanilgan barcha qurilmalarni AQShga import qilishni taqiqlashni tavsiya qilgan.
Shuningdek, agar yakuniy qaror ham shu asosda chiqsa, Apple iPhone’larning BOE ekranli versiyalarini AQShda sotishni...
AQShda ishlatilgan elektromobillar benzinli avtomobillarga nisbatan ancha tez arzonlashmoqda. iSeeCars tahliliy platformasining yangi tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida elektromobillar narxi o‘rtacha 4,8 foizga tushgan. Shu bilan birga, benzinli avtomobillar esa 5,2 foizga qimmatlasha boshlagan.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bir yildan besh yilgacha bo‘lgan elektromobillarning o‘rtacha narxi $31 354 ni tashkil etgan, bu o‘tgan yilga nisbatan $1 569 ga kam. Solishtirish uchun, shu yoshdagi benzinli avtomobillar narxi o‘rtacha $32 525 bo‘lib, bu 2024-yil iyuniga nisbatan $1 594 ga ko‘proq.
«Qayta sotuv bozoridagi xaridorlar, avvalo, foydali narxni izlaydi. Bugungi kunda elektromobillar bu borada yutqazmoqda. Ular arzonroq, biroq...
Yevrokomissiya tomonidan Yevropa Ittifoqi budjeti ikki trillion yevroga oshirilishi taklif qilindi. Bu 2028 – 2034-yillar uchun mo‘ljallangan yangi budjet loyihasi bo‘lib, u 16-iyul kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan taqdim etildi.
Yangi budjetda jami xarajatlar 1,21 trillion yevrodan 1,816 trillion yevroga oshirilishi rejalashtirilgan. Eng katta o‘zgarishlardan biri – fermerlar uchun ajratiladigan mablag‘ kamaygan. Buning o‘rniga innovatsiya, texnologiyalar, mudofaa va Ukrainaga yordamga ko‘proq pul ajratiladi.
Fermerlar va baliqchilikni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma 300 mlrd yevroni tashkil etadi. Bu avvalgi 386 mlrd yevrolik ajratmadan kam. Biroq umummilliy va mintaqaviy hamkorlik fondiga 865 mlrd yevro ajratiladi.
Shuningdek, yangi budjetda raqamli texnologiyalar, yashil...
Bugun, 17-iyul kuni dollar kursi 100,17 so‘mga pastlab, 12 658,19 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.
Dollar kursining so‘nggi uch kunlikdagi qiymati
30-iyun kuni dollar kursi 40,84 so‘mga oshib, 12 694,97 so‘mga yetdi. Bu hafta boshidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.
1-iyuldan boshlab dollar kursida bosqichma-bosqich pasayish boshlandi. 1-iyul kuni kurs 18,86 so‘mga kamayib, 12 676,11 so‘mni tashkil etdi. 2-iyulda esa eng katta tushish qayd etildi – dollar 84,4 so‘mga arzonlab, 12 591,71 so‘mga tushdi. 3-iyulda pasayish davom etdi, kurs yana 34,15 so‘mga kamayib, 12 557,56 so‘m bo‘ldi.
4-iyul kuni vaziyat o‘zgarib, dollar kursi 49,17 so‘mga ko‘tarilib...
O‘zbekistonda spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilari uchun qator huquqiy choralar belgilandi. Endi ular ishlab chiqarish rejasini bajarmasa yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishlatmasa, jarima to‘laydi. Bunga doir Vazirlar Mahkamasining qarori tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, korxonalar tasdiqlangan yillik ishlab chiqarish rejalariga rioya qilishi lozim. Yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish holatini tekshirish vazifasi alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasiga yuklatiladi. Ushbu inspeksiya Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzurida faoliyat yuritadi.
Monitoring davomida inspektorlar quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘rganadi:
sotib olingan, ishlatilgan va qolgan etil spirti hajmi; ishlab chiqarilgan, sotilgan va omborlarda saqlanayotgan alkogolli mahsulot hajmi; ishlab chiqarishda ishlatilgan aksiz markalari va majburiy raqamli...16-iyul kuni Qirg‘izistonning «Elkart» va O‘zbekistonning Uzcard to‘lov tizimlari o‘zaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Qirgʻizistonning banklararo protsessing markazi xabar berdi.
Endi ikki davlat fuqarolari mobil ilovalar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri pul o‘tkazmalarini amalga oshiradi.
Qirg‘izistonliklar uchun bu xizmat «Elkart Mobile» ilovasida mavjud bo‘lsa, o‘zbekistonlik foydalanuvchilar Unired ilovasi orqali pul yuborish imkoniga ega.
«To‘lov tizimlarining birlashuvi — bu faqat texnika emas, bu mintaqaviy hamkorlik falsafasi», — deydi «Elkart» tizimini boshqaruvchi «MPC» rahbari Oltimish Turatbekov.
Avvalroq «Kursiv» nashri aprel oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida pul o‘tkazmalari keskin oshgani haqida yozgandi.
«UzAuto Motors» AJ 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas modellari uchun yangi shartlarni e’lon qildi.
Kompaniyaning rasmiy bayonotida aytilishicha, bo‘lib to‘lash mexanizmi o‘zini oqlagani bois, uni yanada rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Endilikda xaridorlar ushbu mashinalarni tijorat banklari orqali 20% boshlang‘ich to‘lov bilan sotib olishlari mumkin. Ilgari boshlang‘ich to‘lov miqdori 50% tashkil etgan. Shuningdek, yillik 0% dan boshlanadigan foiz stavkasi bilan avtomobilni xarid qilish imkoniyati taqdim etilmoqda.
Batafsil ma’lumotlarni UzAuto Motors’ning rasmiy saytlarida — uzautomotors.com va chevrolet.uz, shuningdek kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoki tijorat banklarining filiallarida olish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun aloqa raqami...
Bugun, 17-iyul kuni Kuala-Lumpur shahridagi OFK (Osiyo Futbol Konfederatsiyasi) qarorgohida 2026-yilgi Jahon chempionatining Osiyo saralash bosqichidagi 4-bosqich qur’asi o‘tkazildi. Qur’aga ko‘ra, 6 jamoa ikki guruhga bo‘lindi va faqat guruh g‘oliblari mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
A guruhi:
Qatar (mezbon) Birlashgan Arab Amirliklari O‘monB guruhi:
Saudiya Arabistoni (mezbon) Iroq IndoneziyaQur’a tashlash marosimida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze ishtirok etdi. U ingliz tilida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma olishini ta’kidlab, bu tarixiy natijada mamlakat rahbariyati va muxlislarning ishonchi hal qiluvchi rol o‘ynaganini alohida qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyoga ajratilgan 8 to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaning 6 tasi...