Toyota yangi beshinchi avlod Urban Cruiser krossoverini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yangi avtomobil Yevropa bozori uchun moʻljallangan va aslida elektr Suzuki e-Vitara’ning moslashtirilgan versiyasi, lekin noyob dizayn elementlari qoʻshilgan.
Uzunligi 4285 mm boʻlgan Urban Cruiser Toyota Yaris Cross va Toyota C-HR oʻrtasidagi oraliq oʻrinni egallaydi. Gʻildirak bazasi 2700 mm boʻlib, keng salon bilan ta’minlangan. Orqa oʻrindiq ham qiyalik burchagi boʻyicha, ham oldinga-orqaga moslashadi. Ichkarida ikkita 10 dyuymli ekran oʻrnatilgan, qoʻshimcha imkoniyatlar orasida JBL akustik tizimi va lyuk mavjud.
Shuningdek, avtomobil elektr quvvat qurilmalari bilan jihozlangan. Bazaviy versiyalarda old uzatma va 144 yoki...