Shu yilning 1-apreliga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 million 522,1 mingta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan. Avtotransport vositalarining asosiy qismini (93 foizini) yengil avtomobillar tashkil etmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ushbu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 79,8 mingga ortgan. Yengil avtomobillarning umumiy soni 4,2 milliondan oshgan bo‘lib, bu jami avtotransport vositalarining 93 foizini tashkil qiladi.
Yuk avtomobillari, mikroavtobuslar, avtobuslar va maxsus transport vositalari esa qolgan qismini tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 161,4 ming dona yangi yengil avtomobil davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Yangi avtomobillarning katta qismi — 86,2 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan. Ularning soni...