Shavkat Mirziyoyev Toshkent – Urganch yo‘nalishida bir hafta oldin chipta topish mushkulligi, narxlar esa yuqoriligini tanqid qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirgi kunda respublikadagi mahalliy aviaqatnovlarning 95 foizi «O‘zbekiiston havo yo‘llari» va «Silk Avia» aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Qolgan 14 ta reysni esa 4 ta xususiy aviakompaniya bajaradi.
Bunga asosiy sabab sifatida ichki reyslarning tijorat nuqtai nazaridan jozibador emasligi ko‘rsatilmoqda.
Prezident ta’kidlashicha, ichki bozorda raqobatning pastligi sababli Toshkent – Urganch yo‘nalishida bir hafta oldin chipta topish mushkul, narxlar esa yuqori.
«Bunday sharoitda xorijiy turist emas, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal...