Oq uy matbuot xizmati tomonidan X’da (sobiq twitter) AQSh prezidenti Donald Trampning Supermen obrazidagi surati e’lon qilindi. Suratga ilova qilingan izohda Tramp umid timsoli sifatida taqdim etilgan.
«Haqqoniylik. Adolat. Amerikancha yo‘l. Supermen Tramp», — deyiladi Oq uy matbuot xizmatining postida.
Ushbu surat rejissyor Jeyms Gann tomonidan suratga olingan «Supermen» filmi posteri uslubida tayyorlangan. Gann ilgari ham ko‘plab kino-komikslar ustida ishlagan. Filmni DC Studios ishlab chiqqan, tarqatilishini esa Warner Bros. Pictures amalga oshirgan. Kartina butun dunyo kinoteatrlariga 7-iyul kuni, AQShda esa 11-iyul kuni chiqdi.
Film syujeti yosh Klark Kent haqida bo‘lib, u superqahramonlik va insoniy...