Prezident «Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Universitetning asosiy vazifalari qatorida muhandislik, geologiya, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari, irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalarida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘ladi.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash salmog‘i oshiriladi, talabalar va professor-o‘qituvchilarning samaradorligi xalqaro standartlar asosida baholanadi, «yagona...