2025-yilgi Toshkent Xalqaro investitsiya forumining ikkinchi kunida «O‘zbekistonda xalqaro nizolarni hal etish: Toshkent Xalqaro tijorat sudi» mavzuida panel sessiya tashkil etildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Unda yangi tashkil etilayotgan Toshkent Xalqaro tijorat sudi (TXTS) haqida batafsil ma’lumot berildi.
Sessiyada ta’kidlanishicha, mazkur sud umumiy huquq (common law) tamoyillariga asoslangan sud jarayonlarini taklif etib, O‘zbekistonni xalqaro investorlar uchun yanada jozibador hududga aylantiradi. U xalqaro arbitraj va iqtisodiy sudlar bilan bir qatorda nizolarni hal etishning yangi, ishonchli shakli bo‘ladi.
Tadbirda xalqaro huquq ekspertlari, sobiq adliya vazirlari, yirik kompaniyalar rahbarlari va yuridik soha mutaxassislari ishtirok etib, TXTSning ahamiyati...