Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov nomiga parlament so‘rovi yubordi.
Unda eski poligonlarni rekultivatsiya qilishdan tortib, tobora ommalashib borayotgan elektromobillarning akkumulyatorlarini utilizatsiya qilishgacha bo‘lgan masalalar ko‘tarildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston ekologik xavfsiz kelajakka intilmoqda: chiqindilarni qayta ishlash stansiyalari qurilmoqda, saralashning zamonaviy usullari joriy etilmoqda. Ammo texnologik rivojlanish bilan birga, ilgari dolzarb bo‘lmagan yangi muammolar ham yuzaga chiqmoqda.
Shulardan biri – elektromobillarning yaroqlilik muddati tugagan yoki ishlamay qolgan akkumulyatorlarining taqdiri. Mamlakat yo‘llarida bunday transport vositalari soni oshib borayotgan bir vaqtda, ularning xizmat muddati tugagach, batareyalar bilan nima qilish kerakligi savoli yuzaga...