Germaniyaning Amazone ish beruvchi tashkiloti va Migratsiya agentligi payvandchi, muhandis-mexanik hamda chilangar yo‘nalishlarida ish o‘rinlarini taklif etmoqda. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, jami 70 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi 1,8 ming yevroni tashkil etadi. Uy ijarasi va ovqatlanish xarajatlari nomzodning o‘z hisobidan bo‘ladi.
Ishga qabul qilinadigan nomzodlar 40 yoshgacha bo‘lishi, nemis tilini kamida A2 darajada bilishi va xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, metall texnologiyasi, qishloq xo‘jalik texnikasi yoki mashinasozlik sohasida kasb-hunar yoki bakalavr diplomi talab qilinadi. Soha bo‘yicha kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lish, sudlanmaganlik va jismonan sog‘lom bo‘lish ham asosiy...