
Nio kompaniyasining ET5 Touring modeli ilk bor 2023-yilda namoyish qilingan edi. 2025-yilgi versiyasi 500 ga yaqin texnik va dizayn o‘zgarishlari bilan yangilandi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlar unchalik sezilmaydi. Oldi faralari endi uch o‘lchamli va moslanuvchan, ko‘rish aniqligi yaxshilangan. Bamper tagiga qora trim va LED chiziq qo‘shilgan.

Asosiy o‘zgarishlar salonda amalga oshirilgan. Katta gorizontal ekran bor – bu interfeysni qulaylashtiradi. Avvalgi markazdagi uzatma tutqichi olib tashlangan, endi boshqaruv rul orqali amalga oshiriladi.
Yangi modelda sado balandligi pasaygan, yurish qulayligi oshgan va smart funksiyalar tezroq ishlaydi. Shamol oynasiga issiqlikni to‘suvchi qoplama qo‘llangan.

Shuningdek, yangi o‘rindiqlar yanada qulay va sifatli materiallardan tayyorlangan. ET5 Touring endi yanada zamonaviy, kundalik foydalanishga mos va yoqimli haydash tajribasini taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xpeng kompaniyasi yangi Xpeng G7 rusumli SUV avtomobilini 11-iyun, chorshanba kuni taqdim etishi haqida yozgan edi.