AQShdagi Kelley Blue Book (KBB) agentligi tadqiqotiga ko‘ra, faqat ayrim modellar besh yil o‘tgach ham dastlabki narxiga yaqin darajada qoladi. 2025-yilgi tadqiqotda narxini saqlab qoluvchi eng yaxshi 10 ta avtomobil ro‘yxati e’lon qilindi. Tahlilga ko‘ra, bu avtomobillar nafaqat qulaylik yaratadi, balki vaqt o‘tishi bilan moliyaviy jihatdan ham oqilona tanlovga aylanadi.
O‘rtacha hisobda avtomobil besh yil ichida o‘z dastlabki qiymatining 50 – 60 foizini yo‘qotadi. Ammo Kelley Blue Book ro‘yxatiga kirgan avtomobillar atigi 36 – 46 foizgacha arzonlashadi.
Masalan, $40 minglik avtomobil besh yildan keyin $25 ming atrofida sotilishi mumkin – agar u shu ro‘yxatdagi model bo‘lsa. Boshqa avtomobil esa...