Olimpiya oʻyinlarining ikki karra ishtirokchisi, togʻ changʻisi boʻyicha yetakchi sportchimiz Komiljon Toʻxtayev «Xarbin – 2025» qishki Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Hozirda u Italiyada soʻnggi mashgʻulotlarini oʻtkazmoqda.
«Tayyorgarlik yaxshi ketyapti, – deydi Toʻxtayev. – Mashgʻulotlarda har bir burilishda muvozanatni saqlab, tezlikni oshirishga e’tibor beryapman. Bu musobaqa mening faoliyatimdagi yangi sahifa».
Sportchimizning asosiy maqsadi – qishki Osiyo oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilish. Biroq u sportda hammasi oldindan hal boʻlmasligini ta’kidladi. «Muhimi – trassani imkon qadar tez va xatolarsiz bosib oʻtish», – deya qoʻshimcha qildi u.
Medallar uchun kurashda Toʻxtayev Janubiy Koreya va Yaponiya jamoalarini asosiy raqobatchi sifatida...