Alpine kompaniyasi 2028-yilga borib 1000 ot kuchiga yaqin quvvatga ega gibrid superkar ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini rasman e’lon qildi. Bu haqda Top Gear xabar bermoqda.
Loyihani Ferrari 458 va Alfa Romeo Giulia avtomobillari ustida ishlagan taniqli muhandis Filipp Krif boshqaradi.
Kelajak superkarining yurish tizimi orqa g‘ildiraklarni aylantiruvchi benzinda ishlovchi V6 turbo dvigatel va old o‘qda joylashgan ikkita elektromotordan iborat bo‘ladi. Bu kombinatsiya aylanma momentni vektorli boshqarishni ta’minlaydi. Korpus esa alyuminiy va uglerod tolasi aralashmasidan tayyorlanadi.
Dvigatelni ishlab chiqish bilan Renault’ning Viry-Chatillon texnik markazida joylashgan yangi Hypertech bo‘limi shug‘ullanadi. Bu bo‘lim muhandislari ayni paytda World Endurance Championship (WEC) uchun poyga texnologiyalarini...