Saudiya Arabistonida kuzatilgan kuchli yomg‘ir Makka, Madina va iqtisodiy poytaxt Jidda shaharlariga jiddiy zarar yetkazdi. Musulmonlarning muqaddas shaharlarida to‘fon oqibatida yo‘llar buzilib, ko‘plab ziyoratchilar yomg‘ir ostida qolgan.
Saudi Gazette xabariga ko‘ra, yomg‘ir tufayli suv toshqinlari ro‘y bergan va turli infrastruktura zarar ko‘rgan. Khaleej Times e’lon qilgan videolarda ziyoratchilar yomg‘ir va do‘l sababli qiyinchiliklarga duch kelgani ko‘rsatilgan. Meteorologlarning ma’lum qilishicha, yomg‘ir mamlakatning ayrim hududlarida chorshanbagacha davom etishi kutilmoqda.
Saudiya Arabistonida qishda yog‘ingarchilik kam uchraydi, ammo bu yilgi yomg‘ir Fors ko‘rfazidagi shaharlarni tayyor emasligidan darak bermoqda. Xabarlarga ko‘ra, drenaj tizimlari kuchli yomg‘ir oqimini ko‘tara olmagan. Avvalroq 2024-yil aprel oyida...