Toshkent shahrida joylashgan Yashnobod, Mirobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» ma’lum qildi.
Jumladan, Yashnobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqishini bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 5-mart soat 12:00 dan 6-mart soat 08:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Yashnobod tumanida:
– «Obisher» MFY – 16 ta ko‘p qavatli uy va 370 ta yerli xonadon;
– «Assalom sohil» – 20 ta ko‘p qavatli uy;
– «M. Ashrafiy» MFY – 120 ta yerli xonadon;
– Ulgurji iste’molchilar soni: 35 ta.
Mirobod tumanida:
– «Qorasuv» MFY – 38 ta...