2-mart kuni Xiaomi o‘zining eng so‘nggi flagman smartfonini taqdim etgan edi. Xiaomi 15 va 15 Ultra Xitoy texnologiya kompaniyasining eng yangi smartfonlari bo‘lib, ular eng so‘nggi chiplar va kuchaytirilgan kameralarga ega. Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15 ultra modeli O‘zbekistonga yetib keldimi yoki yo‘qligi haqida surushtiruv o‘tkazdi.
Afsuski, bu model hali O‘zbekiston hududiga yetib kelmagan. Xiaomi Uzbekistan ham yaqin orada ushbu modelni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqidagi ma’lumotni kompaniya o‘zining Telegramdagi rasmiy sahifasi izohida qoldirgan.
Kursiv Uzbekistan muxbiri Malika savdo majmuasidan ham Xiaomi 15 ultra modeli haqida tadbirkorlarga aloqaga chiqdi. Ular ham bu smartfonni hali sotuvga yetib kelmaganini tasdiqlashdi.