5-mart kuni Jahon banki vakillari «Oldinga yo‘l: Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida muvaffaqiyatli migratsiyani qo‘llab-quvvatlash» mavzuidagi hisobotini taqdim etdi. Mutaxassislar o‘zbekistonlik malakali ishchilar an’anaviy migratsiya yo‘nalishlarida talab qilinmayotganini ta’kidlamoqda. Respublikaning eng kambag‘al aholisi orasida har beshinchi kishi chet eldan pul o‘tkazmalarini oladi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar qildi.
Ushbu hisobotda migratsiya siyosatini takomillashtirish va uning iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi ahamiyati chuqur tahlil qilingan.
Bu maqolada nimalarni bilib olish mumkin:
Migratsiya: kecha va bugun Oldinga yo‘l: migratsiya tendensiyalari va uning iqtisodiyotga ta’siri Jahon banki nimalarni tavsiya qilmoqda O‘zbekistondagi migratsion...