Markaziy bank 2025-yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) hajmini e’lon qildi.
1-fevral holatiga ko‘ra, muammoli kreditlar umumiy miqdori 23 trln 768 mlrd so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 1-yanvar bilan solishtirilganda 2,6 trln so‘mga ko‘paygan. Jami kreditlardagi NPL ulushi esa 4,5 foizga yetgan.
Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning jami qarzi 16,8 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, xususiy banklarda bu ko‘rsatkich 6,9 trln so‘mga yetgan.
Davlat banklari orasida qaytarilmayotgan kredit qarzdorligi eng yuqori bank «O‘zmilliybank» 3,7 trln so‘m bilan yetakchilik qilgan. Ammo bankning jami kreditlardagi NPL ulushi 3,5%. Shuningdek, «Biznesni rivojlantirish banki»da...