Donald Trampning inauguratsiyasidan keyingi birinchi kuni Xitoy fond bozori ishonchli o‘sishni ko‘rsatdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
21 yanvar kuni o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, Hang Seng China Enterprise indeksi bir kun oldingi ko‘rsatkichdan 1,18 foizga yuqoriladi. MSCI China indeksi 0,73 foizga oshdi va savdolarni 6,58 Gonkong dollari darajasida yakunladi. Shu kuni Xitoy fond bozorining dinamikasi mintaqada eng yaxshisi bo‘ldi.
Bloomberg Xitoy qog‘ozlarining kutilmaganda o‘sishiga Donald Tramp bilan kelishuvga bo‘lgan umidlarning kuchayishi asosiy sabab deb aytmoqda. Sarmoyadorlarning xavotirlariga qaramay u inauguratsiya kuni Xitoy tovarlariga 60 foiz boj joriy qilmadi.
Bundan tashqari, yangi prezident 20-yanvar kuni inauguratsiya nutqida Xitoyni...