Uzbekistan Airways 19-yanvar kuni Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi HY601/602 reysi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aviakompaniya bunga samolyotning kech yetib kelganini sabab qilib koʻrsatdi. Reyslar quyidagi oʻzgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
HY601 reysi:
Toshkentdan joʻnash: 21:00; Moskvaga yetib borish: 23:20.HY602 reysi:
Moskvadan joʻnash: 00:30; Toshkentga yetib borish: 06:20.Kursiv Uzbekistan Buxorodan Moskvaga uchgan samolyot dvigatelida nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergan edi.