23-aprel, chorshanba kuni bahorning quyoshli kunida minglab odamlar Rim papasi Fransisk bilan vidolashish uchun Avliyo Pyotr maydoniga yigʻildi. Rim koʻchalari ziyoratchilar, sayyohlar va mahalliy aholi bilan toʻldi.
Ular cherkovga kirish va pontifik jasadi ochiq tobutda qoʻyilgan Avliyo Pyotr bazilikasida unga hurmat bajo keltirish uchun navbatda turishdi.
88-yoshli Fransisk ikki kun avval insultdan soʻng Santa-Marta pansionidagi yotoqxonasida vafot etdi. Chorshanba kuni ertalab uning jasadi tantanali marosim bilan bazilikaga olib kelindi.
Yaqinda ikki tomonlama pnevmoniyadan besh hafta davolanib chiqqan Fransisk soʻnggi bor Pasxa yakshanbasida avliyo Pyotr maydonidan papaning ochiq avtomobilida oʻtib, jamoat oldida koʻrinish bergan edi. Bu voqea uning vafotidan bir kun...