OpenAI kompaniyasi X (sobiq Twitter) uslubidagi yangi ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqmoqda. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.
Hozirda loyiha dastlabki bosqichda bo‘lib, ChatGPT’ning rasm generatsiyasi funksiyasi asosida ijtimoiy lentani o‘z ichiga olgan. Kompaniya rahbari Sem Altman tashqi mutaxassislarning fikrlarini yig‘moqda, biroq bu platforma alohida ilova sifatida chiqariladimi yoki ChatGPT bilan integratsiya qilinadimi – hozircha noma’lum.
Agar loyiha amalga oshsa, bu OpenAI’ga real vaqt rejimidagi noyob foydalanuvchi ma’lumotlarini taqdim etadi. Bu esa kompaniyaning sun’iy intellekt modellarini yanada samarali o‘qitish imkonini beradi.
Shuningdek, bu qadam OpenAI’ni Ilon Mask’ning xAI kompaniyasi va Meta bilan raqobatiga olib keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Meta...